Saralash — bizdan, qaror — sizdan!
Vakansiya yarating, havolani Telegram yoki karyera sahifasida ulashing. Har bir ariza avtomatik baholanadi, nomzodlar tartiblanadi — sizga faqat eng yaxshilarini tanlash qoladi.
- Karta shart emas
- 5 daqiqada tayyor
- O'zbek, rus, ingliz tillarida
- 92
5 yil Node.js, yuqori yuklamali servislar; talablarga to'liq mos. Suhbatga taklif qilish tavsiya etiladi.
Node.jsPostgreSQLDockerBosqich:
HR ishining eng ko'p vaqt oladigan qismi — mexanik ish
Biz aynan shu qismini avtomatlashtiramiz. Qaror qabul qilish sizda qoladi.
Har birini ochish, o'qish, talablarga solishtirish — kunlar ketadi. Eng yaxshisi 150-chi bo'lishi mumkin, unga yetib bormaysiz.
Rad xati yozishga vaqt yo'q, taklif kechikadi. Nomzod «javob bermadi» deb boshqa joyga ketadi.
E'lon Telegram, sayt va hh.uz'da — lekin qaysi biridan kuchli nomzod kelgani hisobda yo'q. Byudjet «taxminan» sarflanadi.
To'rt qadam — birinchi vakansiyadan birinchi suhbatgacha
Hech qanday o'rnatish yoki integrator kerak emas. Ro'yxatdan o'tasiz va ishlaysiz.
- 1Vakansiya yarating
Talablar, ko'nikmalar va skrining savollari — AI shular asosida baholaydi.
- 2Havolani ulashing
Telegram kanal, karyera sahifasi yoki bot — nomzod o'zi ariza qoldiradi.
- 3AI baholaydi
Har ariza 0–100 ball, mos/kam ko'nikmalar va qisqa xulosa bilan keladi.
- 4Suhbat va qaror
Kanban'da bosqichma-bosqich, Google Calendar bilan suhbat, jamoa scorecard'i.
Kichik jamoaga ham, katta kompaniyaga ham yetadi
Kerak bo'lganini yoqasiz, qolgani xalaqit bermaydi.
Rezyume va javoblar talablarga solishtiriladi; ball, mos ko'nikmalar, xavfli joylar.
5 yil Node.js, PostgreSQL bilan ishlagan; talab qilingan Kafka tajribasi yo'q.
Nomzod saytga kirmasdan, botda 2 daqiqada ariza qoldiradi.
O'z pipeline'ingizni tuzing, nomzodlarni sudrab ko'chiring, ommaviy amallar.
Google Calendar + Meet, nomzod o'zi vaqt tanlaydi, eslatmalar, scorecard.
Brendingiz rangida tayyor sahifa — barcha ochiq vakansiyalar bir joyda.
Har ariza bazada qoladi: ko'nikma bo'yicha qidiring, yangi vakansiyaga taklif qiling.
Past ball — rad xati, yuqori ball — keyingi bosqich, uzoq turgan — eslatma.
Voronka, kanallar samaradorligi, yollash tezligi — kunlik Telegram xulosa bilan.
Rad, taklif, eslatma shablonlari — bir bosishda, nomzod nomi bilan.
Oddiy narx, yashirin to'lovlar yo'q
Bepul tarif bilan boshlang, kerak bo'lganda o'sing.
To'lov hozircha qo'lda: tarifni tanlang, biz bog'lanamiz. Payme/Click yaqinda.
Ko'p beriladigan savollar
AI nomzodni rad eta oladimi?
Yo'q. AI faqat ball va xulosa beradi; qarorni har doim siz qilasiz. Avtomatik rad faqat siz o'zingiz tuzgan qoida bo'yicha ishlaydi.
Nomzodlarning ma'lumotlari xavfsizmi?
Har kompaniya ma'lumotlari alohida saqlanadi, rezyumelar shifrlangan saqlashda turadi, jamoa a'zolari rollar bilan cheklanadi.
Nomzod ariza berish uchun ro'yxatdan o'tishi kerakmi?
Yo'q. Havolani ochadi, formani to'ldiradi yoki Telegram botda javob beradi — tamom.
hh.uz bilan ishlaydimi?
Ha: hh.uz'dagi vakansiyangizga kelgan otkliklar avtomatik import qilinadi va boshqalar bilan bir xil baholanadi.
Boshlash uchun nima kerak?
Faqat email. Ro'yxatdan o'tasiz, birinchi vakansiyani yaratasiz — 5 daqiqada havola tayyor.
Birinchi vakansiyangizni bugun oching
Ro'yxatdan o'tish bepul. Karta, shartnoma yoki qo'ng'iroq talab qilinmaydi.